«buxoro viloyati» tegli maqolalar


Fotosessiya saroyiga aylangan amir qabulxonasi. Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan edi
17 aprel 2024, 08:30

Fotosessiya saroyiga aylangan amir qabulxonasi. Uni Abdulahadxon Rossiya imperatorini kutib olish uchun qurdirgan edi

Buxoroga poyezdda yo‘l olgan kishi uning “yo‘ldoshi” — Kogonga borib tushadi. Vokzaldan chiqishingiz bilan, sizni Buxoro amiri qurdirgan uch qavatli muhtasham majmua — Kogon saroyi qarshi oladi. “Gazeta.uz” muxbiri saroyda bo‘lib, uning o‘tmishi va hozirgi ahvoli bilan tanishdi.

Buxoroda kursdoshlarini o‘z ofisiga maishat uchun chaqirgan inspeksiya boshlig‘i ishdan olinadi
8 aprel 2024, 14:13

Buxoroda kursdoshlarini o‘z ofisiga maishat uchun chaqirgan inspeksiya boshlig‘i ishdan olinadi

Buxoro viloyatida qurilish inspeksiyasi boshlig‘i tug‘ilgan kunida kursdoshlarini bazm uchun o‘z ofisiga chaqirgani ortidan lavozimidan ozod etiladigan bo‘ldi. Tug‘ilgan kunni, xususan, spirtli ichimliklar bilan nishonlash taklif qilingan.

Buxoroda sog‘lom bo‘lsa-da, ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi
4 aprel 2024, 20:04

Buxoroda sog‘lom bo‘lsa-da, ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri ma’muriyati murojaat yo‘llab, muassasada faol davolanishga muhtoj bo‘lmagan qiz borligi, ammo onasi uni olib ketmayotganini bildirdi. Oilaning ijtimoiy vaziyati o‘rganilib, onasi bilan uchrashildi va qiz yashash manziliga qaytarildi.

“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida
27 mart 2024, 10:10

“Haydovchidan tez haydamaslikni bir necha bor so‘radik”. Maktab o‘quvchilari — Buxoroda avtobusda ro‘y bergan YTH haqida

Buxoro viloyati teatriga ketayotib YTHga uchragan maktab o‘quvchilari avtobus haydovchisidan tezlikni oshirmaslikni bir necha bor so‘ragan. YTH oqibatida bir o‘quvchi voqea joyida, bir qiz esa shifoxonada vafot etgan. Shifokorlarning ta’kidlashicha, bolalar nima bo‘lganini eslarkan, kuchli stressni boshdan kechirgan.

“Boqiy Buxoro” nega shahar markazida qurilyapti? Buxoro viloyati bosh arxitektori bilan intervyu
7 mart 2024, 20:44

“Boqiy Buxoro” nega shahar markazida qurilyapti? Buxoro viloyati bosh arxitektori bilan intervyu

Buxoro markazida “Boqiy Buxoro” madaniy-etnografik parki loyihasini amalga oshirish boshlandi. Uni qurish uchun 32,6 gektar maydonda 29 ta obyekt buzilishi rejalashtirilgan. Hozirda bir qator binolar qisman buzib bo‘lingan. “Gazeta.uz” muxbiri viloyat bosh arxitektori Zuhriddin Muhiddinov bilan suhbatlashdi.

Buxoroda sayyohlik markazi loyihasi uchun hokimlik va san’at maktabi binolari buzilmoqda
28 fevral 2024, 17:40

Buxoroda sayyohlik markazi loyihasi uchun hokimlik va san’at maktabi binolari buzilmoqda

Buxoroda turistik markaz qurish uchun shahar hokimligi va san’at maktabi binolarini buzishga kirishildi. Maktab-internat o‘quvchilari sharoiti bo‘lmagan sobiq paxta zavodi yotoqxonasiga vaqtincha ko‘chirildi. Motamsaro ona haykalini Kogonga ko‘chirishga qaror qilishdi.

Buxoro viloyati prokurori o‘zgardi
21 fevral 2024, 01:21

Buxoro viloyati prokurori o‘zgardi

Mahmud Istamov o‘rniga Qo‘qon shahrining sobiq prokurori Ulug‘bek Xamdamov Buxoro viloyati prokurori etib tayinlandi. Bir necha kun avval viloyatning Kogon tumani prokurori 90 ming dollar pora olayotgan vaqtida qo‘lga olingandi.

Buxorodagi bog‘chada 2 yoshli bolani urgan tarbiyachi ishdan olindi
25 noyabr 2023, 09:30

Buxorodagi bog‘chada 2 yoshli bolani urgan tarbiyachi ishdan olindi

Buxorodagi xususiy bog‘cha tarbiyalovchisi 2 yoshli bolani urgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarbiyalovchi ishdan olinganini ma’lum qildi.

Buxoro viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi
10 avgust 2023, 09:24

Buxoro viloyati hokimiga ikki o‘rinbosar tayinlandi

Jalol Arashov va Botirjon Shaxriyorov Buxoro viloyati hokimining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida
28 iyul 2023, 11:48

“Rad javobi berilgan”. Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda o‘n minglab daraxt kesilishi haqida

Ekologiya vazirligi Surxondaryo va Buxoroda 50−70 ming atrofida daraxtni kesishga ruxsat berish bo‘yicha murojaat kelib tushgani, biroq bunga rad javobi berilganini ma’lum qildi. Hokimliklarga yuborilgan javoblardan so‘ng Buxorodagi qurilish kompaniyasi vakillari loyihani o‘zgartirishlarini bildirdi.

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi
27 iyul 2023, 18:20

Surxondaryo va Buxoroda 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Jamoatchilik norozi

Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida quriladigan avtomobil yo‘li sabab 70 mingga yaqin daraxt kesilishi mumkin. Loyiha hujjatlari hukumatga topshirilgani aytilmoqda. Jamoatchilik bundan norozi bo‘lsa, Ekologiya vazirligi har ikki viloyatda odamlar fikri eshitilishini bildirmoqda.

Qorako‘lda IT klaster tashkil etiladi
7 iyul 2023, 17:36

Qorako‘lda IT klaster tashkil etiladi

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanida IT klaster tashkil etish rejalashtirilmoqda. Unda universitet, masofaviy IT xizmatlarini eksport qilish markazi, tadqiqot markazlari va axborot texnologiyalari bilan bog‘liq boshqa obyektlar ochiladi.

Buxoroda elektromobilli eko-taksi ishga tushdi
1 iyun 2023, 18:38

Buxoroda elektromobilli eko-taksi ishga tushdi

Buxoroda O‘zbekistonda ilk bor elektromobillardan foydalaniladigan taksi xizmati yo‘lga qo‘yilmoqda. U Eco-taxi brendi ostida ishlaydi.

Buxoroda 3 erkak bir ayolni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi
13 may 2023, 10:44

Buxoroda 3 erkak bir ayolni zo‘rlashda gumonlanib ushlandi

G‘ijduvon tumanida 3 erkak cho‘l hududida bir ayolni jinsiy aloqa qilishga majburlanganlikda gumonlanib ushlandi. Ish yuzasidan dastlabki tergov harakatlari ketmoqda.

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi
3 aprel 2023, 04:36

Buxoro viloyatida zilzila sodir bo‘ldi

Buxoro viloyati Jondor tumanida 3,3 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Viloyat FVB zilzila oqibatida hududdagi o‘ta muhim va toifalangan obyektlar, aholi punktlari talafot ko‘rgani to‘g‘risida ma’lumot kelib tushmaganini bildirdi.

Buxoroda avtobusda erkak kishining qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda
10 mart 2023, 23:09

Buxoroda avtobusda erkak kishining qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoroda yo‘lovchi avtobusida noma’lum erkakning qiz bolaga tegajog‘lik qilgani aytilgan videolar tarqaldi. Shahar IIO FMB holatga aniqlik kiritish uchun tergovga qadar tekshiruv ishlarini boshladi.

2023 yilda Buxoroda elektr taqchilligi hajmi 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda
18 fevral 2023, 10:41

2023 yilda Buxoroda elektr taqchilligi hajmi 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda

Buxoroda 2023-yilda yillik elektr iste’moli 4,3 mlrd kVt soatni tashkil etib, taqchillik 150 mln kVt soat bo‘lishi kutilmoqda. Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda bularni qoplash uchun 740 ta korxonada 22 MVtli, ijtimoiy obyekt va ko‘p qavatli uylar ustida 11 MVtli quyosh panellari o‘rnatish mumkinligi aytildi.

LIVE: Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi
31 yanvar 2023, 09:37

LIVE: Nukus voqealari bo‘yicha sud hukmi

Ayni daqiqalarda Buxoro viloyati sudi binosida 1−2 iyuldagi Nukus voqealarida ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga nisbatan hukm o‘qib eshittirilishi kutilmoqda. «Gazeta.uz» muxbirlari sud zalidan jarayonni onlayn yoritib boradi, shunga ko‘ra mazkur material vaqti-vaqti bilan yangilanadi.

Buxoroda darslar 16-yanvardan boshlanadigan bo‘ldi
12 yanvar 2023, 08:41

Buxoroda darslar 16-yanvardan boshlanadigan bo‘ldi

Buxoro viloyati hokimligi ota-onalar murojaatiga ko‘ra maktab, oliy o‘quv yurtlari va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ochilishini 16-yanvarga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq darslar 11-yanvardan boshlab yuborilgandi.

YeTTB O‘zbekistonda ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun kredit ajratadi
14 dekabr 2022, 18:31

YeTTB O‘zbekistonda ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun kredit ajratadi

YeTTB Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt gacha bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasini qurish uchun 520 mln dollargacha bo‘lgan ikkita sindikatlangan kredit ajratmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting